Sizning g‘oyangiz 1 mlrd so‘mga loyiqmi? Startaplar uchun yangi imkoniyatlar!
Davronov G'olibjon Marufjonovich
13 Fevral 2026, 10:14
Muhim Qaror: Startap ekotizimi yangi bosqichga ko'tarilmoqda
Prezidentimiz tadbirkorlik va startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha yana bir muhim Qarorga imzo chekdilar!
Qarorga muvofiq startap g‘oyani shakllantirish, loyihani ishlab chiqish, ishga tushirish hamda masshtablashtirishni o‘z ichiga olgan 4 bosqichli startap ekotizimi joriy etiladi:
- 1. Venchur sarmoyalar hajmi 2 mlrd dollarga yetkaziladi;
- 2. 500 ta startap 1 mln, 100 tasi 10 mln va 25 tasi 100 mln dollarlik yirik kompaniyalarga aylantiriladi;
- 3. Yoshlarning 2 mingta g‘oyasi tijoratlashtirilib, 400 ta loyiha xalqaro bozorlarga olib chiqiladi;
- 4. Startap loyihalar ishga tushishi natijasida 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
- 5. 2026-yildan boshlab har yili “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi;
- 6. Eng yaxshi 100 ta loyihaning har biriga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritiladi;
- 7. Chempionat g‘oliblari davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlariga tavsiya etiladi;
- 8. Loyihani brendga aylantirish uchun ekspertlarga 41 mln so‘mgacha xizmat haqi to‘lab beriladi;
- 9. Startap studiya va markazlarni tashkil etish uchun 20 ta loyihaga 5 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha foizsiz qarz ajratiladi;
- 10. Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari badal to‘lovlari uchun 41 mln so‘mgacha grant beriladi;
- 11. O‘quvchilar o‘rtasidagi “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblariga 10 mln so‘mgacha mukofot beriladi;
- 12. “Eng innovatsion g‘oya” tanlovi o‘tkaziladi va mukofot jamg‘armasi 10 mlrd so‘m etib belgilanadi;
- 13. Talaba va ilmiy xodimlarning loyihalariga 20 ming dollargacha sarmoya kiritiladi;
- 14. Ideaton va xakaton g‘oliblariga 20 ming dollargacha konvertatsiyalanadigan qarz ajratiladi;
- 15. “Raqamli startaplar” dasturi doirasida IT loyihalarga 10 ming dollargacha grant beriladi;
- 16. Yiliga 10 tagacha loyihaga MVP yaratish uchun 50 ming dollargacha “R&D” vaucher taqdim etiladi;
- 17. Startapchilarning nufuzli o‘quv kurslari xarajatlarining 50 foizi (20 ming dollargacha) qoplab beriladi;
- 18. Startaplarni patentlash va intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari qoplab beriladi;
- 19. 2026-yil 1-apreldan hududlarda hokimlar rahbarligida “Startaplar klubi” tashkil etiladi;
- 20. 2026-yildan boshlab har yili “Startap ekspo” ko‘rgazmasi tashkil etiladi;
- 21. Davlat xaridlari shartnomalarida oldindan to‘lov 500 mln so‘mgacha bo‘lsa 50 foiz etib belgilanadi;
- 22. 2026–2027-yillarda jami 160 mln dollar va 130 mlrd so‘m yo‘naltiriladi;
- 23. Texnologik startaplar uchun Jahon bankidan 100 mln dollar mablag‘ jalb qilinadi;
- 24. “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” jamg‘armalariga 50 mln dollar ajratiladi;
- 25. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armalariga 10 mln dollar beriladi;
- 26. “UzVC” milliy venchur fondiga byudjetdan 100 mlrd so‘m ajratiladi.
#Yangilik
37 ko'rish
DTM ga Hoziroq Tayyorlanish